Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




Xalqaro "City Run" poygasi 5-may kuni Qo‘qon shahrida o‘tkazildi.

Qadimiylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan Qo‘qon shahridagi har bir go‘sha o‘ziga xos voqelikdan so‘zlaydi.  O‘zbekistonning jahon tarixi va madaniyati yodgorligi – mahobatli Xudoyorxon saroyi joylashgan bog‘da bo‘lib o‘tgan dinamik va keng ko'lamli tadbir bu safar 10 mamlakatdan 1400 nafar sportchini birlashtirdi. Uning dasturi turli masofalarni, shuningdek, jamoaviy va korporativ poygalarni o'z ichiga oldi.  

Xalqaro tadbirda "O‘ztransgaz" AJ nomidan tizimda mehnat qilayotgan faol yoshlari ishtirok etishdi. 

Poyganing  g'oyasi - eng yaxshi natijalarni ko'rsatish orqali shaharni targ‘ib qilish hamda barcha havaskor va professional yuguruvchilarni yangi shaharda birlashtirishga qaratilgan.



Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech