Yangiliklar

Yangilangan sana: 05.17.2024 15:50:03




“O‘ztransgaz” AJ aksiyalarini fond birjasida IPO/SPO joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

“O‘ztransgaz” AJ aksiyalarini fond birjasida IPO/SPO joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aktsiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida”gi 446-son qarori bilan 2022/2023-yillarda davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi ommaviy joylashtirish (SPO) yo‘l xaritasi tasdiqlangan edi.

2021-yil yakunlari bo‘yicha IFRS asosida umumlashgan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobot 2022-yilning noyabr oyida tayyorlanadi. “Deloitte” auditorlik kompaniyasi esa, joriy yil dekabr oyida jamiyatning 2021-yil yakunlari bo‘yicha umumlashgan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotini xalqaro audit standartlariga muvofiq audit tekshiruvidan o‘tkazib, auditorlik xulosasini taqdim etadi.

Shundan so‘ng, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi ommaviy joylashtirish (SPO) bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq, “O‘ztransgaz” AJ xalqaro reyting agentliklarining korporativ kredit reytingini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlaydi.

Anderrayter va boshqa maslahatchilar ko‘magida kompaniya aksiyalarini IPO savdosiga olib chiqish borasida amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi hamda tavsiya etilgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. IPO’ga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida esa, anderrayter va boshqa maslahatchilar jalb etiladi.


Ortga qaytish

Foydali Sahifalar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech