Xalqaro hamkorlik
Uztransgaz
05.12.2025
Joriy yil 31-oktabrda "O‘ztransgaz" AJ "UTG training" o‘quv markazi va “Toshkent xalqaro sertifikatsiyalash Akademiyasi” o‘rtasida Kasbiy tayyorgarlik sohasida qo‘shma hamkorlik va sheriklik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Uning doirasida “Dual taʼlim” yo‘nalishida fuqarolarni o‘qitish, shuningdek kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan mutaxassislarning malakasini ISO 9606 standarti bo‘yicha oshirgan holda imtihon o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olingan.
Ayni paytda ushbu kelishuv doirasida amaliy ishlar davom etmoqda. Bu galgi tadbir xalqaro hamkorlar ishtirokida amalga oshirildi. Xorazm MTRKda efirga uzatilgan telelavha shu haqida.