Jizzax telekanalining “Subhidam” ko‘rsatuvi
Uztransgaz
02.12.2024
Magistral gaz tarmoqlari va inshootlarini qishki mavsumga tayyorlash jarayoni qanday o‘tdi? Tizim faoliyatida energetik xavfsizlik masalalariga qanday rioya etilmoqda?
Jizzax telekanalining “Subhidam” ko‘rsatuvida G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlari bilan suhbatda shu kabi savollar atrofida so‘z yuritildi. Mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i K.Sarimsoqov va masʼul xodim Y.Ergashevalar shuningdek, boshqarmada yoshlar va xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash, mehnat muhofazasi borasida olib borilayotgan tadbirlarga ham to‘xtab o‘tishdi.