jins

Xabar berilganidek, Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasining “KS-1” kompressor stansiyasida 2022-yil 11-iyun kuni texnogen tusdagi favqulodda vaziyat roʻy bergan edi. Yetkazilgan talafotlar jadal surʼatlarda bartaraf etildi va sex tez muddatda tiklandi.

Shu payt qadar stansiya binosi qurib bitkazildi. Metall konstruksiyalarini montaj qilish pudratchi tashkilot tomonidan amalga oshirildi. 2 navbatda tashkillashtirilgan ish jarayonida 60 ga yaqin mutaxassis, 20 ga yaqin maxsus texnikadan foydalanildi.

Mavjud quvurlarni taʼmirlash ishlari yakuniga yetdi, stansiyaga 4 ta dvigatel oʻrnatib boʻlindi. Elektr tarmogʻini tortish ishlari ham yakuniga yetib qoldi. Mutaxassislar dvigatellarni avtomatlashtirish (KIPiA) ishlarini yakunlangach, sex foydalanishga topshiriladi.

Stansiyaning yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi suv tarmogʻi ham butunlay yangilanmoqda. Binoning tashqi fasadi sendvich panellar bilan qoplandi, ichkarida soʻnggi pardozlash ishlari olib borilyapti.

https://daryo.uz/2023/02/13/kogon-magistral-gaz-quvurlari-boshqarmasining-ks-1-kompressor-stansiyasi...

https://teznews.uz/13-02-2023/kogon-magistral-gaz-quvurlari

Возврат к списку