OAV biz haqimizda "O‘zbekiston24" radiokanali
Uztransgaz
20.09.2024
“O‘ztransgaz” AJ tizimida magistral gaz quvurlarini kapital ta'mirlash bo‘yicha belgilangan rejaga asosan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Umuman olganda bu yil gaz tarmoqlarining 41 km nuqsonli qismi kapital ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan edi. Amalda bajarilgan ishlar bu rejani belgilangan muddatlarida nihoyasiga yetkazilishini ko‘rsatmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish va ta'mirlash bo‘limi boshlig‘i F. Karimov shu haqida "O‘zbekiston24" radiokanaliga intervyu berdi.