“O‘ztransgaz” AJ Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qilinadi
18.02.2026
Nomzodga qo‘yiladigan malaka talablari:
Ma’lumot oliy “Axborot xavfsizligi” yoki IT yo‘nalishida bakalavr yoki magistr darajasi.
Boshqa mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot mavjud bo‘lsa, “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishida qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risida hujjat (sertifikat) bo‘lishi talab etiladi.
Texnik ko‘nikmalar va bilimlar: texnologik jarayonlarni himoya qilish:
Tarmoq texnologiyalari: TCP/IP protokollar steki, DNS, HTTP/HTTPS, marshrutlash tamoyillari va fayrvol (brandmauer) ishlash prinsiplari bo‘yicha tushuncha.
Operatsion tizimlar: Linux va Windows tizimlarini ishonchli darajada administratsiya qilish.
Dasturlash: Avtomatlashtirish va kod tahlili uchun dasturlash tillarini bilish (eng talabgir tillar: Python, C++, SQL).
Tarmoq infratuzilmasi xavfsizligi: Monitoring tizimlari (SIEM), antivirus himoyasi va hujumlarni aniqlash tizimlari (IDS/IPS) bo‘yicha bilim.
Xavfsizlik vositalari: Trafik analizatorlari (Wireshark), zaifliklarni skanerlash vositalari va penetratsion testlash instrumentlari (Metasploit, Burp Suite) bilan ishlash ko‘nikmasi.
ASU TP (SCADA) himoyasi: Sanoat avtomatlashtirish protokollarini tushunish hamda obyektlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin bo‘lgan dasturiy-apparat vositalarga ta’sirlarning oldini olish qobiliyati.
Insidentlarni boshqarish: tezkor harakat (javob) qaytarish guruhining ishini tashkil etish, jarayonning uzluksizligini ta’minlash rejalarini ishlab chiqish va kiberhujumlardan tiklash.
Qonunchilik: Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek axborot infratuzilmasi obyektlarini, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va vakolatli tashkilot (regulyator) talablari (DUK “Kiberxavfsizlik markazi”)ni bilish.
Ish tajribasi: Axborotni himoya qilish yoki IT sohasida kamida 3 yil rahbarlik lavozimlarda ish tajribasi, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi loyiha boshqaruvi yoki tizimli tahlil bo‘yicha tajribasi, dasturlash bo‘yicha amaliy tajriba.
Maxsus va umumiy ko‘nikmalar: Axborot risklarini baholay olish va himoya xarajatlarini biznes jarayonlarining muhimlik darajasi bilan moslashtira olish. Boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lish, texnik ekspertiza bilimlari, ofis tarmog‘ini himoya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalari, tizimli tahliliy fikrlash, tanqidiy tahlil, natija uchun mas’uliyat, tashkiliy qobiliyat va nostandart vazifalarni hal etish ko‘nikmasi.
Rezyumelarni yuborish uchun elektron manzil: b.qlichev@utg.uz
Batafsil ma’lumot uchun: +99899 010-44-03
Rezyumelar 2026-yil 28 fevral kuniga qadar qabul qilinadi.