“O‘ztransgaz” AJ markaziy apparatida ESG bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Uztransgaz
20.01.2026
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida mamlakatimizning 2030-yilga qadar “yashil” iqtisodiyotga o‘tishi belgilab berilgan.

ESG ushbu jarayonda asosiy vosita hisoblanib, u nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki xodimlar uchun munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish, manfaatdor tomonlar bilan ochiq va halol munosabatlarni yo‘lga qo‘yish hamda samarali va shaffof korporativ boshqaruvni ta’minlashga xizmat qiladi. Aynan shu yondashuv asosida “O‘ztransgaz” AJda barqaror rivojlanishga qaratilgan zamonaviy hisobot standartlariga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.

Jamiyatning ESG hisobotini Xalqaro barqarorlk standartlari kengashi (ISSB)ning yangi standartlari asosida tayyorlash doirasida o‘tkazilgan trening KPMG kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. “O‘ztransgaz” AJ iroiya apparati xodimlari uchun o‘tkazilgan tadbirda Jamiyat tomonidan ESG bilan tizimli ravishda shug‘ullanib kelinayotgani va bu dolzarb ahamiyatga egaligi ta'kidlandi. Shuningdek, ISSB yangi standartlarining yondashuvlari va talablari hamda ularning hisobot tayyorlash jarayonida amaliy qo‘llanilishi batafsil tushuntirildi.