jins

Uztransgaz

26.01.2026

“TÜV Austria” томонидан jamiyat ijroiya apparatining 30 nafarga yaqin mutaxassislari uchun “ISO 31000:2018 — Xavflarni boshqarish standartini joriy etish” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi. Mazkur trening kompaniyada korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, operatsion va moliyaviy xatarlarni aniqlash hamda ularni samarali boshqarish mexanizmlarini joriy etishga qaratildi.
IMG_9658.JPG
O‘quv jarayonida ishtirokchilarga xalqaro amaliyot asosida xatarlarni identifikatsiya qilish, baholash, monitoring qilish va ularni kamaytirish bo‘yicha metodologiyalar taqdim etildi. Shuningdek, real keyslar orqali risklarni boshqarishning amaliy jihatlari muhokama qilinib, ularni “O‘ztransgaz” AJ faoliyatiga integratsiya qilish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
IMG_9668.JPG
Trening davomida risk-menejment tizimini kompaniyaning barcha jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa “O‘ztransgaz” AJda qaror qabul qilish sifatini oshirish, xatarlarni oldindan aniqlash va ularning salbiy ta’sirini minimallashtirish orqali kompaniyaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
IMG_9885.JPG
IMG_9753.JPG
IMG_20260126_114648_345.jpg

Возврат к списку