“Urganchtransgaz” UKda korrupsiyaga qarshi kurash va komplaens-nazorat masalalariga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazildi
Uztransgaz
28.01.2026
Аvval xabar berilganidek (https://t.me/uztg_uz/5621), “O‘ztransgaz” АJ Komplaens-nazorati boʼlimi tomonidan hududlardagi masʼul xodimlar ishtirokida amaliy seminar tashkil etilgan edi. Ushbu tadbir davomida olingan bilim va tavsiyalarni joylarda keng targʼib etish, hududiy boshqarmalarda korrupsiyaga murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida “Urganchtransgaz” UKda yigʼilish oʼtkazildi.

Yigʼilishda “Urganchtransgaz” UK Komplaens-nazorat boʼlimi boshligʼi soʼzga chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga toʼxtalib oʼtdi. Xususan, 2026-yilning “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilingani, bu borada barcha darajadagi tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan masʼuliyat va amaliy chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Yigʼilishda “Urganchtransgaz” UK va uning tarkibiy boʼlinmalarida manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisidagi deklaratsiyalarni toʼldirish, yaqin qarindoshlar bilan bogʼliq munosabatlarni shaffoflashtirish, xodimlar faoliyatini tizimli tahlil qilish hamda odob-axloq komissiyasiga taqdim etish tartiblari muhokama qilindi.

Yakunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki meʼyoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish, komplaens-nazorat tizimini kuchaytirish, xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va javobgarlik tamoyillarini taʼminlash boʼyicha aniq vazifalar belgilab olindi.