jins

Uztransgaz

23.07.2021

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv apparati va uning tarkibiy tuzilmalarida SOVID-2019 virusiga qarshi vaktsinatsiyalash jarayoni o‘tkazilyapti. Bugun boshqaruv apparatida ham ana shunday tadbir tashkil etildi. Vaktsina olish istagidagi ko‘ngillilar dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, vaktsina haqidagi ma’lumotlar, emlanish bosqichlari bilan to‘liq tanishtirildi. So‘ngra emlash tadbirlari amalga oshirildi.

Bu kabi tadbirlar "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi korxonalari, xususan, "Urganchtransgaz" UK, Gazli, Zirabuloq MGQBlarida o‘tkazildi. 

Vaktsina olgan tizim ishchi-xodimlari mazkur tadbir orqali o‘zi va yaqinlarining xavfsizligini ta’minlayotganini ta’kidlashdi. Tizimda ayni yo‘nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.

Возврат к списку