jins

Uztransgaz

14.03.2020

2.jpgBahor fasli yasharish, yangilanish fasli demakdir. Ko‘chatlarni ham erta bahordan ekish yaxshi samara beradi. Yurtimizda bo‘layotgani kabi “O‘ztransgaz” AJ tizimida ham joriy yil 15 fevralidan boshlangan “1 millionta daraxt” aksiyasi qizg‘in tusda olib borilmoqda. Bu savobli yumush jamiyat tizimidagi barcha korxona jamoalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, buguni kunda davom etmoqda.

Daraxt ekish aksiyasida mevali, manzarali hamda yirik hajmli ko‘chatlarga e’tibor qaratilmoqda. Urganch shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Yoshlar anjumani” ishtirokchilari ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Urganch shahrida yaratilayotgan yangi bog‘larga ko‘chat eqishda o‘z xissalarini qo‘shdilar. “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi va tizimdagi korxonalar rahbarlari tomonidan ekilgan ko‘chatlar ham o‘sib ertangi chiroyli ko‘rinish va atrof ekologiyasiga o‘ziga xos hissa bo‘ladi. Yaxshi niyat bilan ekilgan ko‘chatlar,shoira Zulfiya niyat qilganidek, …bu bog‘lar, bir bog‘lar bo‘ladi hali…   

     

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку