1-oktabrdan energiya tejovchi texnologiyadan foydalanayotganlarga kompensasiya berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Uztransgaz
21.09.2022
Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab:
Quyidagi jadvalda quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori bilan tanishishingiz mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga "temir daftar"ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga 2022-yilda mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari va 2023-yilda mahalliy byudjet parametrlarida ushbu tadbirlar uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (har bir xonadonga quvvati 1 kVtgacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyasi yoki hajmi 100 litrdan kam bo‘lmagan quyosh suv isitish qurilmasi) o‘rnatilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stantsiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va boshqa elektr energiyasini xarid qiluvchi vakolatli organlarga kamida 10 yil muddat davomida sotishlari mumkin bo‘ladi.
- jismoniy shaxslarga Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stantsiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya qilinadi;
- iste’molchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar, mahalliy chakana savdo obyektlaridan, jumladan elektron tijorat vositalari orqali sotib olinganda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi yoki yakuniy chakana narxdan kompensatsiya miqdori chegirib tashlanadi.