jins

Uztransgaz

10.12.2021

1992-yilning 10-dekabr kuni Mustaqil respublikaning Davlat madhiyasi haqidagi Qonun  tasdiqlangan edi.  Mana shunga 29 yil toʻldi. Ayni kunlarda yurtimizda ushbu sanalar keng nishonlanmoqda. “O’ztransgaz” AJ boshqaruv apparatida o’tgan uchrashuv ham shular jumlasidan. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, YFD F.Muhiddinova ishtirok etdi.

Uning ta’kidlashicha, M. Burxonov musiqasi, A.Oripov sheʼridan iborat madhiya xalqimizning faxriga, gʻururiga aylandi. Zero, Milliy timsollar va ramzlarning har biri milliy gʻururimizni, yuksaltirishga xizmat qiladi. Milliy gʻurur shunday kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy yaxlitlik, til, madaniyat, maʼnaviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbida chuqur oʻrin olib,  milliy birdamlik tuygʻusini uygʻotadi. Milliy birdamlik esa yetuk va mukammal maʼnaviy fazilat sifatida qadrlanadi.


Возврат к списку