jins

Uztransgaz

11.11.2021


Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy manfaatlarini bog‘lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalarining maqsadi – o‘z a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishdan iborat.

2020-yilning 23-noyabrida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi va 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni etib belgilandi. Bugun kasaba uyushmalari xodimlari uchun tarixiy kunga aylangan sananing bir yilligi nishonlanmoqda.


O‘ztransgaz” AJ tizimidagi korxonalarda sanaga bag’ishlab tashkil qilingan tadbirlar ko’tarinki kayfiyatda o‘tmoqda. “O‘ztransgaz” AJning Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 11 noyabr - “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ni nishonlashga bag‘ishlangan seminar-tadbir tashkil etildi.


Tadbir doirasida, tizimdagi kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan joriy yilning o‘n oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilgan xolda, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlash, mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda qonun talablariga to‘liq rioya qilinishini tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga e'tibor qaratildi.


Seminarda “O‘ztransgaz” AJ tizimdagi kasaba uyushma qo‘mita faollari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va kamondan o‘q otish kabi sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari taqdirlandilar.


Jamiyat tizimidagi ishchi-xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilishdagi samarali mehnati, amaliy ko‘magi, samimiy hamkorligi uchun bir guruh faollar “O‘ztransgaz” AJning buyruq-qarori bilan Faxriy Yorliq hamda BKUQning sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 


Energetika vazirligi tomonidan Ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, xodimlarning mahfaatlari va huquqlarini himoya qilishdagi samarali mehnati uchun taqdirlanganlar orasida BKUQ raisi B.Boboxonovning ham borligi. bayramda ajoyib sovg'a - fidoyilik bilan qilingan mehnatning e'tirofi bo'ldi.  


Bayramingiz muborak bo'lsin - aziz xodimlar!

Возврат к списку