jins

Uztransgaz

20.07.2022


Magistral gaz quvurlari tarmog'i kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni jadal sur'atlarda olib bormoqda. Zaungur MGQB tomonidan Buxoro-Ural magistral gaz quvurining II tarmog‘ining Urganch va Qo‘shko‘pir  tumanlari hududidan o'tgan 20 km qismida gidrosinov ishlari boshlab yuborildi. 

Gidrosinov ishlari quvurlar almashtirilgach amalga oshiriladi. Natijada almashtirilgan magistral gaz quvurining kuz-qish mavsumida ishonchli xizmat qilishi taʼminlanadi hamda isteʼmolchilarga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish kafolatlanadi.


Возврат к списку