2022/23-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazoratda
Uztransgaz
13.10.2022
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari O‘.Nuriddinov, Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i O.Alimov hamda “Transgazinjiniyering” MChJ rahbari H.Hamidov Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasini nazorat ko‘rigidan o‘tkazishmoqda.
Xizmat safari davomida Zirabuloq MGQBda amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi, KS-2 va KS-2A sexlaridagi gaz haydash agregatlarining mavsumga shaylik holati ko‘zdan kechirildi. Agregatlarning samarali ishlashi bilan bog‘liq vazifalar va ko‘rsatmalar berildi.