jins

Uztransgaz

07.06.2022

"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisi B.Narmatov tizim korxonalarida bo‘lib ish jarayonlari hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni bevosita kuzatar ekan, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qator topshiriq va tavsiyalar berib kelmoqda. Bu vazifalarning aksariyatida inson qadrini ulug‘lash, ularga xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish masalalari ko‘zda tutilgan. 

 "Shimoliy So‘x" GYOSIda ichki imkoniyatlar xisobiga ta'mirlanib binoga tutash ayvon qurilgan va yangi qiyofada ishga tushirilgan ishchilar oshxonasini ham ana shu topshiriqlarning ijrosi sifatida keltirish mumkin. GYOSI mehnat jamoasi hozirgi kunda 300 nafardan ortiq ishchi-xodimni o‘zida birlashtiradi. Ayni paytda kompressor stansiyasi orqali magistral gaz quvurlaridagi tabiiy gaz bosimini kerakli  darajagacha ko‘tarish va uzatishga xizmat qilayotgan korxonadagi bu qulaylik ishchilar kayfiyatini ko‘tarish bilan birga mehnat samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi.



Возврат к списку