2023-yil 10-yanvardan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning iste’moli keskin oshib borishi kuzatilmoqda.
Uztransgaz
13.01.2023
Bunday holatda aholi, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzuluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKShlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, "UzGasTrade" AJ bilan shartnoma tuzgan holda magistral gaz quvurlari va gaz taqsimlash shoxobchalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan barcha korxonalarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Ushbu korxonalarga gaz uzatish ob-havo haroratining ko‘tarilishi hamda qulay sharoit vujudga kelishi bilan tiklanadi va bu haqda alohida xabar qilinadi.
Ushbu korxonalarga gaz uzatish ob-havo haroratining ko‘tarilishi hamda qulay sharoit vujudga kelishi bilan tiklanadi va bu haqda alohida xabar qilinadi.