jins

Uztransgaz

23.01.2024


"O‘ztransgaz" AJ va uning tizim tashkilotlarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida qonunchilikka kiritilgan yangiliklar haqida so‘z bordi. Aytilganidek, “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan O‘zbekiston byudjetini shakllantirish va ijro etishga oid munosabatlar tartibga solindi. 

Yana bir Qonun bilan "Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks"ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ulardan biri - yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilanganidir.

Imzolangan yana bir Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlar 5 nafargacha doimiy xodimni mehnat shartnomasini tuzgan holda yollashi mumkin. 

“Shaharsozlik kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mahalliy hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlari bekor qilindi. Tadbirda “Bojxona kodeksi” va “Soliq kodeksi” va boshqalarga kiritilgan o‘zgartirishlar mohiyatiga ham to‘xtab otildi.


 

Возврат к списку