jins

Uztransgaz

14.06.2024

Yurtimizda yil nomlanishi bilan bog‘liq dasturni amalga oshirish jarayonida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush tarzi va sharoitlari bilan yaqindan tanishib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish borasida tizimli tadbirlar yo‘lga qo‘yildi. Vazirlik va idoralar tomonidan hududlarda alohida ishlash talab etiladigan yoshlar bilan manzilli ish olib borilmoqda.

"O‘ztransgaz" AJ rahbariyati va yoshlar ittifoqi a'zolari ham yoshlar bilan faol ravishda ish olib boradi. Bu safar Chirchiq shahridagi yoshlar uhun qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularning holidan xabar olib, yashash sharoitlari va qiziqishlari bilan tanishildi. Psixologlarni jalb qilgan holda o‘tkazilgan suhbatlar asosida kerakli maslahatlar berildi. Zarur o‘rinlarda moddiy qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Mahallalarda yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar,  ularning bandligini taʼminlashga ko‘maklashish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kabi xayrli tadbirlar ham shular jumlasidan.
 


Возврат к списку