22 - sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun
Uztransgaz
22.09.2021
Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yurtimizda 22 sentyabr O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” deb eʼlon qilingan. Ushbu kun munosabati bilan yurtimizda bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Aytish kerakki, “Avtomobilsiz kun” aksiyasi har yili 22 sentyabrda jahon bo‘ylab o‘tkaziladi. Bu g‘oya 1995 yili Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. 2000 yildan esa aynan “Butunjahon avtomobilsiz kuni” sifatida nishonlanadi. Hozir dunyodagi 3000 ta shaharda yashovchi 100 milliondan ortiq aholi ushbu sanani keng nishonlaydi.

«O‘ztransgaz» AJ tizimidagi korxonalarda ham “Avtomobilsiz kun” doirasida ish joyiga piyoda va velosipedlarda kelishga eʼtibor qaratildi. Fotosuratlarda - «Urganchtransgaz» UK, «G‘allaorol» MGQB rahbarlari piyoda uyga qaytishmoqda.