jins

Uztransgaz

30.05.2025

Mazkur sana kimyo fanining taraqqiyotdagi o‘rni, uning sanoatdagi ahamiyati va kimyogarlar mehnatining e’tirofidir!

Sana munosabat bilan  Samarqand MGQBda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining kimyo laboratoriyalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirokida Kimyogarlar kuniga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — kimyoviy tahlillarda uchraydigan muammolar va ularning amaliy yechimlarini muhokama qilish, tajriba almashish, laboratoriya jarayonlarining sifati va xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

Seminar doirasida kimyo yo‘nalishidagi mutaxassislar ishtirokida mavzuli tanlovlar, amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv sessiyalar o‘tkazildi. Shuningdek, ilg‘or usullar, zamonaviy reagentlar bilan ishlash, hamda laboratoriya amaliyotini takomillashtirishga oid taqdimotlar ham taqdim etildi.

Mazkur seminar tizimdagi barcha kimyogarlar uchun malaka oshirish va professional o‘sish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Возврат к списку