jins

Uztransgaz

28.04.2023

Halqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan bu sana 2003-yildan nishonlab kelinadi. Shu kuni 100 dan ortiq davlatlarda dunyo hamjamiyatini ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishining oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga eʼtiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish bu —  mehnat qilish jarayonida insonning xavfsizligini, hayotini, sog‘lig‘i va ish qobiliyatini saqlab qolinishiga qaratilgan tadbirlarni bajarilishi orqali taʼminlanadi. Bularga huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyenik, davolash-profilaktika va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar kiradi. 

"O‘ztransgaz" AJda mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologiya boshqaruvining yagona tizimi” me'yoriy hujjatida ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan ko‘ra xodimning hayoti va sog‘ligi ustivorligi taʼkidlangan.  Shuningdek, "O‘ztransgaz" AJ  va Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan Jamoa shartnomasida ham ishchi-xodimlarga kerakli qulayliklar, ish va dam olish uchun sharoit yaratish birlamchi maqsad qilib olingan.

Mehnat muhofazasi masʼullari va birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamkorlikda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ni munosib nishonlash uchun turli tadbirlar; konferensiya va seminarlar, shuningdek ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa tufayli jarohat olganlar yoki boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olish va  ularga moddiy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarda ishchi xodimlarning faol ishtirok etishlarini  taʼminlashga e'tibor qaratiladi.

"O‘ztransgaz" AJ tarkibiy tuzilmalarida “Kasbiy xavfsizlik va salomatlik menedjmenti tizimi” joriy etilgan bo‘lib, bundan maqsad ham mehnat muhofazasi talablarini jahon standartlari talablari darajasiga olib chiqishdan iboratdir. Shuningdek, korxonalarda mavjud mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha guvohnomalarda yirtib olinadigan talonlar tizimini joriy etilishi ham ishchi-xodimlar o‘rtasida mehnat intizomini keskin kuchayishiga olib keldi. Kelgusida ham bu boradagi ishlar takomillashtirib borishga harakat qilinmoqda. 

Возврат к списку