jins

Uztransgaz

01.12.2021

Nogironligi bor shaxslarga yordam berish, ularni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratish ishlari bugun dunyo miqyosida e’tibor qaratilayotgan masala. O‘zbekistonda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida qator tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.

 “O‘ztransgaz” AJ va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida poytaxtimizdagi 103-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan musiqiy tadbirni ham shu yo‘nalishdagi xayrli amallar sirasiga qo‘shish mumkin. Sho‘x musiqa yangragan dasturda qo‘shiqlar raqslarga ulandi. Bolajonlar ruhiyatiga ko‘tarinkilik ulashildi. 

Возврат к списку