3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni
Uztransgaz
04.12.2025

Bu kun nogironlar huquqlarini himoya qilish, jamiyatda ularning o‘rni, imkoniyatlari, zaruriy yordamlar haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. Sana munosabati bilan Gazli va Farg‘ona MGQB Kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan nogironligi bo'lgan ishchi-xodimlar, ayni paytda nafaqada bo‘lgan sobiq xodimlar va nogiron farzandni tarbiyalayotgan oilalar holidan xabar olindi. Ularni ziyorat qilib dildan suhbatlashildi va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bu savobli tadbir hafta oxirigacha Namangan va Andijon yiloyatlarida ham davom ettiriladi.


