jins

Uztransgaz

27.04.2023

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish:  33-modda

Hozirgi kunda Internet aloqa vositasidan ko‘ra ko‘proq virtual muhitga aylanib bormoqda. Ko‘plab tushuncha va xizmatlar “real” hayotdan “virtuallik”ka ko‘chib o‘tmoqda. Odamlar ishini, o‘qishini, xobbilarini, turli tovar va xizmatlar logistikasini, qolaversa, davlat xizmatlarini ham internetga ko‘chiryapti. Bu esa qonunchilikni zamonga hamnafas qilib o‘zgartirishni taqozo qilmoqda. Internetga kirish va undan erkin foydalanish huquqi insonning so‘z erkinligi huquqi doirasiga kiradi. Ushbu huquq davlat chegaralaridan va shakllaridan qatʼiy nazar turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi. 

Konstitutsiyamizning 33-moddasiga kiritilayotgan yangi normalar har bir shaxsning Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish huquqini hamda mazkur huquqlarni cheklashga qaysi hollarda yo‘l qo‘yilishi aniq belgilamoqda. Mazkur huquq va cheklovlarni raqamlashtirish asrida demokratik, huquqiy va adolatli jamiyat qurayotgan barcha davlatlar uchun zarurdir. Ularni Konstitutsiyamizda mustahkamlash fuqarolarimizning huquqlarini amalga oshishi, ularning himoyasi va xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Возврат к списку