9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Uztransgaz
09.12.2025
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

“O‘ztransgaz” AJda Komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan aksilkorrupsiya oyligi doirasida videoselektor yig‘ilishi va tematik taqdimot o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari, korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini baholash tizimi hamda ISO 37001:2016 xalqaro standartining asosiy talab va tavsiyalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ISO 37001:2016 talablari asosida yangilangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” taqdimot qilindi. Unda korrupsion xavf-xatarlarni baholash, xavflarga moyil bo‘lishi mumkin yo‘nalishlarni aniqlash, shaffoflikni taʼminlash hamda xodimlarning xizmat ahloqi meʼyorlariga rioya etilishini kuchaytirishga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan.

Tadbirda kasb etikasi, halollik, xolislik, xizmat intizomi va fuqarolar bilan muloqot madaniyatining ahamiyatiga eʼtibor qaratildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat davlat organlarining emas, balki har bir tashkilot xodimi va jamiyat aʼzosining umumiy burchi ekani qayd etildi. Bu jarayonda xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega ekani bildirildi.

Yig‘ilish yakunida “O‘ztransgaz” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha xodimlar ishtirokida amalga oshiriladigan vazifa ekanligi taʼkidlandi.