9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Uztransgaz
05.12.2025
Korrupsiya davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyat hayotiga jiddiy zarar yetkazadigan global muammo sanaladi. BMT Bosh Assambleyasi qaroriga muvofiq, 9-dekabr har yili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida o‘tkaziladi. 2004-yildan buyon ushbu sana doirasida butun dunyoda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va jamiyatda ogohlikni oshirishga qaratilgan turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan ham korrupsiyaning oldini olish, xodimlarda mas’uliyat va huquqiy ongni kuchaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu maqsadda Jamiyat tizimida xodimlar ishtirokida fleshmob o‘tkazildi.

Bundan tashqari, korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash va ularning ehtimol darajasini baholash uchun anonim onlayn so‘rovnoma tashkil etildi. Unda barcha xodimlar faol qatnashmoqda.

Ushbu so‘rovnoma natijalari Jamiyatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish, xavf-xatarlarni kamaytirish hamda profilaktika choralarini kuchaytirishda muhim tahliliy asos bo‘lib xizmat qiladi.