jins

Uztransgaz

06.12.2025

"O‘ztransgaz" AJ tizim korxonalarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tadbirlar tashkil etilmoqda.

"Zirabuloq" magistral gaz quvurlari boshqarmasida bosh Qomusimiz qabul qilingan kun hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan bo‘lim va xizmatlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi. Tadbirlar yakunida boshqarma rahbariyati yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab samimiy tilaklar bildirdi. Kasaba uyushmalarining ishchi-xodimlar hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tanlov g‘oliblariga  kasaba uyushma qo‘mitasining sovg‘alari berildi. 

Farg’ona MGQBda ishchi xodimlar o‘rtasida arqon tortish va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar, shuningdek bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ishchi xodimlar uchun bayram dasturxoni yozildi. Konstitutsiyamizning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida to‘xtab o‘tildi. Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.




Возврат к списку