jins

Uztransgaz

29.12.2025

photo_2025-12-29_16-53-12 (2).jpg

“O‘ztransgaz” tizimida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘riklar yakunlandi

Yurtimizda xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish va ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu maqsadda “O‘ztransgaz” AJ tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun profilaktik tibbiy ko‘riklar tizimli ravishda tashkil etilib, ularning sog‘lig‘ini asrash va kasalliklarni barvaqt aniqlashga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda. 

photo_2025-12-29_16-53-12 (3).jpg
photo_2025-12-29_16-53-12.jpg

Jamiyat rahbariyatining qo‘llab-quvvatlovi asosida o‘tkazilgan bu yilgi tibbiy ko‘riklar ham o‘ziga xos uyushqoqlik bilan tashkil etildi va tizimdagi barcha xotin-qizlarni to‘liq qamrab olishga e'tibor qaratildi. Tadbir doirasida Samarqand, Zirabuloq va Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmalari, "Xo‘jaobod" GYOSI hamda Jamiyat ijroiya apparati xodimalari ham zamonaviy tibbiyot markazlarida tekshiruvdan o‘tdilar. UTT, rentgen, tomografiya va boshqa tashxis turlari bo‘yicha nazoratdan so‘ng, tahlil natijalari asosida mutaxassis shifokorlardan individual tavsiya va maslahatlar olishdi.

photo_2025-12-29_16-53-13 (2).jpg

photo_2025-12-29_16-53-13 (3).jpg

Ushbu tibbiy ko‘riklar sog‘liq holatini nazorat qilish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan amaliy tadbirlar sifatida ahamiyatli.  

photo_2025-12-29_16-53-13 (4).jpg
photo_2025-12-29_16-53-13.jpg

photo_2025-12-29_16-53-14.jpg

photo_2025-12-29_16-53-14 (2).jpg

Возврат к списку