Toshkent MGQBda navbatdagi ichki audit o‘tkazildi
Uztransgaz
29.12.2025
Transformatsiya ofisi hamda Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti tomonidan o‘tkazilgan tadbirda "Ohangaron" gaz siquv kompressor stansiyasida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda ekologik masʼuliyat yo‘nalishlaridagi talablarning bajarilishi baholandi.

Mutaxassislar gaz analizatori yordamida tabiiy gazning ehtimoliy sizib chiqishlariga doir o‘lchovlarni amalga oshirishdi, shuningdek ish joylarida mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘ri tashkil etilganligi ko‘zdan kechirdi.

Tadbir yakunida tekshiruvchi guruh tomonidan korxonada mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda ekologiya sohasida olib borilayotgan ishlarni zamonaviy talablarga moslashtirish, shuningdek ishlab chiqarish xavfsizligi darajasi va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.