Erursen shoh, agar ogohsen sen, Agar ogohsen sen, shohsen sen!
Uztransgaz
08.02.2022

Shu kunlarda ushbu satrlar muallifi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi nishonlanadi. Joylarda o‘tkazilayotgan maʼrifiy tadbirlarda shoir va davlat arbobining hayoti va ijodi haqida so‘z bormoqda. “Toshkent” MGQBda va “Ohangaron” sanoat maydonida ishchi-xodimlar va faol yoshlar ishtirokidagi tadbirlarda ham shunday bo‘ldi. Uchrashuvlarga, filologiya fanlari nomzodi M.Shoniyozov taklif etildi.
Taʼkidlanganidek, buyuk so‘z sanʼatkori tarixning tub burilish nuqtalarida, millatni birlashtiruvchi, ruhan yuksaltiruvchi badiiy so‘zga kuchli ehtiyoj ortgan paytda 1441-yilda Xirotda tug‘ildi. Yashab ijod qildi va avlodlar uchun ulkan maʼnaviy meros qoldirdi. Maʼlumotga ko‘ra, rus shoiri Pushkin asarlarida 21 197 ta betakror so‘z ishlatgan bo'lsa, Navoiy ijodi davomida 1 378 660 ta so‘zdan foydalangan ekan.

