Aholi gaziga ko‘z olaytirilmagani aniqlandi
31.01.2020
Ijtimoiy tarmoqlarda (https://t.me/MuxbirTanqidlari/798) Namangan tumani Mullakuding qishlog‘idagi AGTKSh aholiga tegishli bo‘lgan gazga “ko‘z olaytirganligi” tufayli gaz ta’minoti yaxshi emasligi haqida fikr joylashtirildi. “Hududgaz Namangan” MChJning AGTKShlari faoliyatiga mas’ul bo‘limga bog‘lanib, ushbu fikrga oydinlik kiritildi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Xonobod metan gaz” MChJ AGTKShsi avval haqiqatdan ham aholiga tabiiy gaz uzatiladigan tarmoqqa ulangan bo‘lgan. Xabar qilinganidek, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ulgurji iste’molchilarni alohida Sanoat kollektorlariga o‘tkazish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Xonobod metan gaz” MChJ ham “O‘ztransgaz” AJ tomonidan berilgan Texnik shart asosida “Toshbuloq” GTSdan alohida tarmoqqa ajratildi. 2020 yil 5 yanvaridan buyon mazkur AGTKShsi aholidan alohida tartibda tabiiy gaz olmoqda.