Aholi hayotining farovonligi yo‘lida
Uztransgaz
25.03.2025
"O‘ztransgaz" AJ rahbarlari shu kunlarda o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda ishsiz fuqarolarga maslahat va ko‘mak berishmoqda. Boshqaruv raisining o‘rinbosari B.Umarov Boysun tumanidagi “Gaza”, “Inkabod”, “Chilonzor” va “Bashrabod” mahallalarida bo‘lib, himoyaga muhtoj oilalarni o‘rganib chiqdi. Ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mahalla faollari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan individual rejalar asosda sa'yi harakatlar amalga oshirilmoqda.

Boshqaruv raisining o‘rinbosari A.Toshpulatov Payariq tumani hokimi I.Jabborov bilan birga tumanning "Xosa", "Do'stlik", "Sho‘rtepa", "Sarbozor" mahallalarida sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Aholining bandligini ta'minlash, daromadlarini oshirish, kasb-hunarga o'qitish orqali oilaviy byudjetini yaxshilash maqsadida, oilalar sharoiti hamda imkoniyatini inobatga olgan holda "O‘ztransgaz" AJ homiyligi asosida tikuv mashinalari va motokultivatorlar topshirildi.