jins

Uztransgaz

10.03.2022


Xabar berib borilayotganidek, mamlakatimizda tabiiy gaz yetkazib berish tarmog'ini modernizatsiya qilish bo‘yicha saʼy-harakatlar boshlanib ketgan. Bu jarayonda yangi loyihalarni amalga oshirish, sohaga davlat va xususiy sherikchilik tizimini joriy etishni taqozo etmoqda. Turkiyaning “AKSA Doğalgaz” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha shu maqsadga xizmat qiladi. Jizzax shahar gaz taʼminoti tizimini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik ustuvor yechimlardan foydalanib amalga oshiriladigan loyihada eski gaz quvurlari olib tashlanib, 1500 kilometrdan ziyod yangi quvurlar tortilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, GTSlar soni qisqartirilib, 3 bosqichdan 2 bosqichli tizimga o‘tiladi. Natijada hozirgi holatdagi yo‘qotishlar bartaraf etiladi. Gaz taqsimlash va hisob-kitob ishlarini tartibga solib, tabiiy gaznining xalqimizga barqaror hamda to‘liq yetib borishini ta'minlaydi. 

Shu o‘rinda hamkor kompaniya haqida:

“AKSA Doğalgaz” kompaniyasiga 2002-yilda asos solingan bo‘lib, Turkiyaning 27 viloyat markazi hamda 212 shahar va tumanlarda tabiiy gaz taqsimlash, chakana savdo faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya 32,6 ming km gaz taqsimlash quvurlari orqali 3,7 mln. isteʼmolchilarga yiliga 9,6 mlrd. metr kub tabiiy gaz yetkazib beradi.

Возврат к списку