jins

Uztransgaz

09.11.2023


"Ohangaron-Pungon" magistral gaz quvuri Farg‘ona vodiysi aholisi va ulgurji isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib beradigan tarmoq hisoblanadi. Ushbu quvurning 80-kilometrida tog‘da joylashgan tabiiy gazni isitish va tozalash inshooti qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega. 

Farg‘ona MGQB xodimlari ushbu majmuadagi barcha sharli kranlarni to‘liq taftishdan o‘tkazdi. Aniqlangan nuqsonlar joyida bartaraf etildi. Taʼmirlash ishlaridan so‘ng mazkur inshoot qish mavsumiga to‘liq tayyor holatga keltirildi.
 

Возврат к списку