Atrof yashillikka burkanadi
Uztransgaz
22.11.2023

"O‘ztransgaz" AJ tizim tashkilotlari umummilliy loyiha doirasida faol ishtirok etmoqda. Xususan, kuzgi ko‘chat ekish mavsumida Toshkent MGQB tomonidan 17 ming tup daraxt o‘tqazilishi rejalashtirilgan. Ohangaron tumani O‘zar MFY hududidagi 2,3 gektar yerga 3 ming tup pavloniya va 14 ming tup terak ko‘chatlarini ekish jarayoni qizg‘in davom ettirilmoqda. Ko‘chatlar tomchilatib sug‘orish tizimi yordamida parvarishlanadi.

Samarqand va G‘allaorol MGQBlarida ham loyiha doirasida ko‘chat ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.




