Avtomatlashtirilgan xromatografik komplekslarga xizmat ko‘rsatuvchilar uchun seminar
Uztransgaz
16.04.2025

“O‘ztransgaz” AJ tarkibiy tuzilmalarida o‘tgan yili 24 ta kompleks qurilma o‘rnatilgan edi. Ularga xizmat ko‘rsatish uchun esa mutaxassislardan muntazam o‘qib o‘rganib borishni taqozo etadi. Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida o‘tkazilgan “Avtomatlashtirilgan xromatografik qurilmaning ishlash prinsipi va uning nosozliklarini bartaraf etish qoidalari" mavzuidagi seminar ana shu maqsadga xizmat qiladi.

“O‘ztransgaz” AJ tarkibiy tuzilmalarining mas’ul xodimlari uchun o‘tkazilgan seminarda qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxona vakillari mashg‘ulot olib borishdi. Seminar davomida “Buxoro-1” gaz taqsimlash stansiyasida o‘rnatilgan oqim gaz xromatografining faoliyati misolida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.