jins

Uztransgaz

22.08.2024

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan bugun Farg‘ona viloyatidagi “Qo‘qon-1” va “Qo‘qon-2” gaz taqsimlash stansiyalarida taftish va texnik ko‘rik ishlari bajarilmoqda. Ushbu tadbir kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lib, natijada hudud iste‘molchilarining gaz ta‘minoti yaxshilanadi.

Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste‘molchilardan uzr so‘raymiz va bu chora-tadbirlar gaz ta‘minotining barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilganligini eslatib o‘tamiz.

Возврат к списку