jins

Uztransgaz

21.10.2025

G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan 
"Paxtaobod-G‘alaba" gaz quvurining nuqsonli qismini almashtirish maqsadida olovli ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan bugun "Paxtaobod", "Uchtom", "G‘alaba" va "Mash'al" gaz taqsimlash stansiyalari orqali tabiiy gaz uzatish qisqa muddatga to‘xtatildi.

Vaqtincha noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz. Amalga oshirilayotgan texnik tadbir yo‘nalishda tabiiy gaz uzatuvchi tarmoqning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Возврат к списку