jins

Uztransgaz

31.07.2024

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davom etmoqda: navbatda "Nurota" gaz taqsimlash stansiyasi

"O‘ztransgaz" AJ tomonidan 2024-yilning 31-iyul kuni Navoiy viloyati, Nurota tumani hududida joylashgan "Nurota" gaz taqsimlash stansiyasida berkitish moslamasi almashtiriladi. Ushbu tadbir kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilmoqda va natijada tuman iste'molchilarining gaz ta'minoti yaxshilanadi.

Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz va bu chora-tadbirlar gaz ta'minotining barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilganligini eslatib o‘tamiz.

Возврат к списку