jins

Uztransgaz

29.12.2023


Magistral gaz quvurlariga xizmat ko‘rsatish o‘ziga xos murakkab jarayon. Shunday bo‘lsada tizim korxonalarida  xotin-qizlar ham erkaklar bilan yonma-yon turli lavozimlarda mehnat qilib tarmoq ishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqdalar. Ularning soni 800 nafardan ortiqni tashkil qiladi. 

Yurtimizda gender tenglik va xotin-qizlarning jamiyatdagi ishtirokini yuksaltirish ishlari davlat siyosati darajasiga chiqqan bir paytda "O‘ztransgaz" AJda ham bu masalaga eʼtibor yana-da ortgan. Jamiyat tomonidan tizimda ishlayotgan xodimalarning sharoitlari va mavjud muammolari muntazam o‘rganilib, ularni maʼnaviy va moddiy tomondan qo‘llab quvvatlash ishlari tizimli tus olyapti. Bayram arafasida jamiyat rahbariyatining xotin-qizlar bilan suhbati, Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi mas'ullari va Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi tizimda ishlayotgan ayollarning holidan xabar olingani — bu ishlarga misollardir.






Возврат к списку