jins

Uztransgaz

30.12.2022

2022-yil 30-dekabr – 2023-yil 3-yanvar kunlari Yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlari bo‘lganligi inobatga olinib, magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan aktsiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Imkoniyat bor hududlardagi AGTKSh faoliyatiga ruxsat beriladi.

30-dekabr kuni "O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparat masʼullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruvi raisi B.Narmatov olib bordi. U so‘zida yakuniga yetib borayotgan 2022-yilda tizimda amalga oshirilgan ishlarning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan natijalar, qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida to‘xtab o‘tdi. 
Tadbirda Energetika vazirligida 28-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida ko‘zda tutilgan topshiriqlarining ijrosi, yaʼni bayram kunlari respublika isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlanishi uchun "O‘ztransgaz" AJ tizimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Xususan, yangi yil bayrami kunlari aholining avtotransport vositalariga ehtiyoji ortishini inobatga olib, 29 – 31-dekabr kunlari  magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimi keskin pasayib ketishi ehtimoli bo‘lmagan hududlarda joylashgan AGTKSh amaldagi ish vaqtlariga mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda amaldagi ishlash vaqtlari grafiklariga joylardagi mavjud vaziyat va texnik imkoniyatdan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha MGQBlarga tushuntirish berildi.
30-dekabr – 3-yanvar kunlari dam olish kunlari bo‘lganligi inobatga olinib, magistral gaz quvurlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar va korxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborildi va mazkur korxonalarda muqobil yoqilg‘idan foydalanishi zarurligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilindi.

Shuningdek, 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi "O‘ztransgaz" AJ Markaziy apparati va tizimdagi barcha korxonalar birinchi rahbarlarining navbatchiligi tashkil etiladi. 
31-dekabrdan 2-yanvargacha respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha "erkin isteʼmol" rejimini taʼminlash maqsadida IESlar uchun tabiiy gaz yetkazib berish grafigi ham tasdiqlandi. Bayram kunlari issiqlik elektr stansiyalarida aholi isteʼmolchilari ehtiyojini qondiradigan darajada elektr energiyasini ishlab chiqarish maqsadida ularga sutkasiga 49 mln kub metrdan kam bo‘lmagan hajmda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida barcha imkoniyatlar ishga solinishi zarurligi qayd etildi.

Возврат к списку