jins

Uztransgaz

30.08.2023

Prezidentning 2023-yil 12-mayda “Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarorida  2 ta gaz o‘lchash stansiyasini qurish belgilangan edi. Qaror ijrosi sifatida bir kecha kunduzda 18 mln metr kub tabiiy gazni o‘lchash quvvatiga ega "Beyneu" gaz o‘lchash stansiyasi qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqildi. Unga asosan, bugungi kunda zarur material, texnik resurs, gaz o‘lchov va sifat nazorati vositalari jamlangan. 

Hozirgi kunda gaz o‘lchov stansiyasida qurilish-montaj ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur loyiha bo‘yicha xodimlarning malakasi oshirildi va sertifikatlar olindi. “Qoraqalpog‘iston” kompressor stansiyasidagi gaz sifati nazorati analitik kimyo laboratoriyasi attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.




Возврат к списку