"Bilimli ayol – yorqin kelajak tarbiyachisi"
Uztransgaz
07.05.2024
Keyingi paytlarda “O‘ztransgaz” AJda ayollarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlariga aloqador masalalarni tahlil qilish, faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi harakatlar yangi bosqichda olib borilyapti. Parkentda tashkil etilgan tadbir ham tizim xotin-qizlari uchun o‘ziga xos muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

“O‘ztransgaz” AJ ijroiya apparati xotin-qizlari va uning hududiy faollari bu safar Parkent tumanining “Edelweiss” dam olish maskanida jam bo‘ldilar. Bu xushhavo manzilda "Bilimli ayol – yorqin kelajak tarbiyachisi" shiori ostida seminar-trening atshkil etildi. Tizim ayollari tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish asnosida psixologik treningda ishtirok etdilar, o‘z bilim va ko‘nikmalarini “Zakovat” maydonida sinab ko‘rishadi.

Turli-tuman tadbirlardan tuzilgan seminar dasturi doirasida o‘tkazilgan “Zakovat” bellashuvlari ayniqsa qizg‘in kechdi. Uakuniga ko‘ra g‘oliblar taqdirlanаdi. Xotin-qizlar maslahat kengashi va Kasaba uyushmasi tomonidan berilgan Diplom va esdalik sovg‘alari – xotin-qizlarni rag‘batlantirib, yangi marralarga chorlaydi.