Birlashgan kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
Uztransgaz
07.04.2025
“O‘ztransgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi konferensiyasida so‘nggi 5 yilda amalga oshirilgan tadbirlar sarhisob qilindi. Yig‘ilishda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining rais o‘rinbosari S.To‘xtayev ishtirok etdi. Jamiyat rahbariyati, BQUQ faollari, tizim tashkilotlaridan saylangan delegatlar va kasaba uyushma vakillari o‘rtasida muloqot maydoni bo‘lgan bu anjuman, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatida joriy etilgan yangi saylov tizimiga muvofiq o‘tkazildi. Qo‘mita raisi saylovining yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgani, kasaba uyushmalari tizimini demokratlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Ovoz berish yakunlari bo‘yicha tashkilotning amaldagi rahbari Baxtiyor Boboxonov ko‘pchilik delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, “O‘ztransgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimiga qayta saylandi. Konferensiya yakunida kasaba uyushmasi tomonidan:
• xodimlar mehnat huquqlarining kafolatlarini taʼminlash,
• ishlab chiqarish va maishiy xavf-xatarlarning oldini olish,
• kadrlar malakasini oshirishga oid dasturlarda qatnashish,
• xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishda uyushma rolini kuchaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab olindi.