BIZ ZO‘RAVONLIKKA QARSHIMIZ!
Uztransgaz
05.12.2023

"O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparatida Xotin-qizlar boshlahg‘ich tashkiloti, OzLiDeP Yashnobod tuman kengashi va tuman ichki ichlar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbir shunday nomlandi. Tadbirda ishtirok etgan OMQP deputati G. Xudoyarova shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan inson huquq va manfaatlarini ifodalovchi jihatlar haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda shuningdek, Respublikamizda 25-noyabrdan 10-dekabrgacha davom etayotgan "Zo‘ravonlikka qarshi faol 16 kun" doirasidagi tadbirda inson huquqlari poymol etilishiga befarq bo‘lmaslik haqida ma'lumot berildi. Oilaviy zo‘ravonlik holatlari hamda bepul psixologik, ijtimoiy,huquqiy yordam olish uchun 1146 va 1259 raqamli ishonch telefonlari ishlab turgani haqida ta'kidlandi.

