Bo‘lajak gazchilar "Ohangaron" KSda!
Uztransgaz
12.07.2024
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahri filiali 1-2-bosqich talabalari "Ohangaron" gaz siquv stansiyasida ish jarayonlari bilan tanishdi. Yoshlar Toshkent MGKBga qarashli stansiyada gazni siqish, uzatish va boshqarish texnologiyalariga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ushbu tadbir talabalarga amaliy bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkonini berdi. Bunday tajriba orttirishlar, talaba-yoshlarning kasbiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

