jins

Uztransgaz

14.11.2022

“O‘ztransgaz” AJ ijroiya apparati Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish bo‘limi bosh mutaxassisi va yetakchi mutaxassisi lavozimlariga tanlov eʼlon qilinadi. 

Nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari:

-iqtisodiyot, audit yoki moliyaviy menejment mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi;
-yo‘nalish (MHXS) bo‘yicha, shuningdek, buxgalteriya yoki iqtisodiyot sohasida kamida 3 va 1 (uch va bir) yillik mehnat stajiga (yoki kamida 1 yil xalqaro auditorlik korxonalarida ish staji) ega bo‘lishi;
-qo‘shimcha talablar: o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi lozim.

Nomzodlar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida "MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot" fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoki "Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)", "Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)", "Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)" va "Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)" sertifikatlaridan biriga ega bo‘lishi kerak.

Bandlik: to‘liq, dushanba-juma soat 09:00dan 18:00 gacha.
Dam olish: shanba va yakshanba
Ish joyi: “O‘ztransgaz” AJ ijroiya apparati (manzil: Toshkent sh. Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85-A uy).

Maosh: Suhbat davomida kelishilgan holda.

Hujjat (rezyume) elektron tarzda msfo@utg.uz. yuborilishi kerak.

Hujjatlarni qabul qilish: 2022-yil 25-noyabr soat 18:00 gacha.

Bog‘lanish uchun telefon: +998 99 010-44-86

Возврат к списку